
 OQ DOG'LAR - 2 osh qoshiq quritib tuyulgan sariq choy (zveroboy) ni 1 stakan qaynatilgan suvga solib, bug'langunga qadar qaynatiladi. Tayyor bo'lgan qaynatmani kasallangan joyga yaxshilab surtiladi. Bir vaqtda 1 osh qoshiq asalni qaynatilgan suvga aralashtirib 2-3 mahal iste'mol qilib turiladi. 

 BALG'AMNI KETKAZISHDA - 300 gramm asalga 20 gramm murch talqonini obdon aralashtirib, bir kunda 3 mahaldan 7 kun davomida bir choy qoshiq miqdordagisini ertalab nahorga ichasiz. 

 BITISHI QIYIN YARALARDA 
1. 80 gramm asal, 20 gramm baliq moyi, Zgramm kseroform kukuni (aptekada bo'ladi) olib aralashtirasiz va yuvib tozalangan yaraga bog'laysiz.
2. 50 gramm evkalipt bargiga 0.5 litr suv quyib, 5 daqiqa davomida dimlanadi va suzib olinadi. Unga 2 osh qoshiq asal qo'shib obdon aralashtiriladi. Tayyor bo'lgan damlama bilan yara va jaroxatlar yuviladi. 

 MADORSIZLIQDA - O'rik bargini maydalaysiz, unga yong'oq bargi va mayizdan 400 grammdan olib ularni 200 gramm asal bilan aralashtirasiz. Bir kun tindirganingizdan keyin ovqat oldidan bir kunda 3 marta 1 osh qoshiq miqdordagisini iste'mol qiling. 